Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop bayram tadbirlari tashkil etilmoqda, deya xabar berdi vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Qayd etilishicha, 4–7 may kunlari Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholining gavjum joylarida ularning to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi.
Retro mashinalar marshining to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
- 4 may soat 14:00–17:00da. Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – M.Ulug‘bek bog‘i – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigatsiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “G‘alaba bog‘i” – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: M.Ulug‘bek bog‘i va “G‘alaba bog‘i”;
- 5 may soat 10:00–15.00da. Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sergeli bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali, Sergeli bozori va “Ashxobod” bog‘i;
- 6 may soat 14:00–19:00da. Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish ko‘chasi, “Megaplanet” – Yunusobod ko‘chasi “Korzinka” savdo markazi –Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “EKO” bozori, “Megaplanet” va “Korzinka” savdo markazi;
- 7 may soat 10:00–17:00da. Mudofaa vazirligi – “Toshkent siti” – “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi – “Chilonzor” dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “Toshkent siti”, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi va “Chilonzor” dehqon bozori.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi