11:25 / 06.05.2021
1 558

Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi


4 may kuni Toshkent shahar sudida, 2021 yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab brifing o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turobovning ma’lum qilishicha, shahar sudlari tomonidan 2021 yilning 1-choragida 1 596 nafar shaxsga nisbatan 1 167ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shulardan 36 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan, 312 ta holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 154,8 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 119 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

841 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan, 155 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.

536 nafar shaxs muddatidan ilgari jazodan (qamoqdan) ozod qilingan, 10 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilroq jazo bilan almashtirilgan.

Jinoyat ishlarining 551 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 358 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 598 tasi og‘ir va 89 tasi o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarni tashkil etgan.

Ko‘rib tamomlangan 935 ta ish bo‘yicha 1 347 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan, 242 nafar shaxsga nisbatan 225 ta ish tugatilgan. Shundan, 211 nafar shaxsga nisbatan 207ta ish taraflarning yarashgani munosabati bilan tugatilgan.

Sudlangan shaxslarning 198 (15,2 foiz) nafariga jarima, 276 (21,2 foiz) nafariga axloq tuzatish ishlari, 302 (23,2 foiz) nafariga ozodlikni cheklash, 460 (35,4 foiz) nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 17 (1,3 foiz) nafariga majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan bo‘lsa, 48 (3,7 foiz) nafar shaxs shartli hukm qilingan.

Sudlanganlarning 112 nafarini (8,6 foiz) ayollar, 26 nafarini (1,9 foiz) voyaga yetmaganlar, 595 nafarini (45,7 foiz) yoshlar, 29 nafarini (2,2 foiz) 60 yoshdan oshgan erkaklar, 8 nafarini (0,6 foiz) chet el fuqarolari va 13 nafarini (0,9 foiz) tadbirkorlar tashkil etgan. 446 nafar muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan takroran jinoyat sodir etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent sudlarida 2021 yilning dastlabki 3 oyida 36 kishi oqlandi