18:25 / 07.05.2021
2 204

Yunusobodda qizdirilgan yog‘ sabab 4-qavatdagi uy yonib ketdi (video)


Kadr: Telegram
7 may kuni soat 09:13 larda Toshkent shaharining Yunusobod tumani 14-mavzesida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1965 yilda tug‘ilgan I.I. ismli fuqaroga qarashli uyning balkonida 10 kvadrat metr maydonda jihozlar yongan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 09:21 da yetib borgan va yong‘in 09:31 da o‘chirilgan.

Ta’kidlanishicha, uyning 60 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in qozonda yog‘ qizdirilishi oqibatida yuzaga kelgan.

«Ushbu xonadon tuman FVB inspektori tomonidan 17 fevral kuni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan yo‘riqnomadan o‘tkazilib, maxsus daftarga imzo qo‘ydirilgan», — deyiladi xabarda. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda qizdirilgan yog‘ sabab 4-qavatdagi uy yonib ketdi (video)