
O‘zbekistonda 7 may kuni yana 381 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 93 978 nafarga yetdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 7 nafari Andijon viloyatida,
- 11 nafari Buxoro viloyatida,
- 7 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 8 nafari Namangan viloyatida,
- 80 nafari Samarqand viloyatida,
- 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 15 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 6 nafari Xorazm viloyatida,
- 62 nafari Toshkent viloyatida,
- 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanyapti.
Eslatib o‘tamiz, 6 may kuni O‘zbekistonda bir kunda 421 kishida koronavirus tasdiqlangan, qurbonlar soni esa uch nafarga ko‘paygan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar