Shavkat Mirziyoyev xonadonida kulchatoy qanday tayyorlanadi?

Shavkat Mirziyoyev xonadonida kulchatoy qanday tayyorlanadi?
Foto: Saida Mirziyoyeva
Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva yakshanba kunlari butun oila dasturxon atrofida to‘planib, an’anaviy tarzda sevimli taom tayyorlanishi haqida post qoldirdi.
Shavkat Mirziyoyev xonadonida kulchatoy qanday tayyorlanadi?
Foto: Saida Mirziyoyeva
«Yakshanba. An’anaga ko‘ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri — kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar. Dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to‘planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar – sabzi, no‘xotni uzatib turadilar. Tayyorlanish usuliga ko‘ra kulchatoy kesma lag‘monni eslatadi», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar