2 698
Antimonopoliya: Chigit narxi asossiz oshirilgan, bu paxta yog‘i narxiga ham ta’sir ko‘rsatdi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan paxta yog‘i narxlari keskin oshganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qarorining 2-bandiga muvofiq paxtadan olingan chigit paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan yog‘-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytarish asosida sotilish belgilangan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qo‘yilganligi hamda qo‘yilayotgan texnik chigitning boshlang‘ich narxlari aprel oyida o‘rtacha 38 foizga ko‘tarilganligi aniqlangan.
O‘simlik yog‘i narxining oshishiga asosan kungaboqar urug‘lari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bog‘liq tashqi muhit ta’sir ko‘rsatmoqda.
«Ammo, ayrim paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishdi, bu esa o‘z ta’sirini paxta yog‘ining narxiga ham ko‘rsatdi.
Bunda, birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi», deyiladi qo‘mita xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi