11:08 / 11.05.2021
1 553

Tezkor tadbirda 309,89 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi


Toshkentti bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari va Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuvinini oldini olish yuzasidan Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani hududida tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro K.T. o‘zining yashash xonadonida tahminiy og‘irligi 192,0 gr., tashqi ko‘rinishidan “Gashish” giyohvandlik vositasini “Shartli haridor”ga sotgan vaqtida xodimlar tomonidan to‘xtatilib qolindi.
          
Shundan so‘ng, fuqaro o‘zining yashash xonadonida saqlayotgan, tahminiy og‘irligi 19,0 gr., “Gashish” giyohvandlik vositasini xodimlarga taqdim qildi va mazkur moddalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Yana bir tadbir davomidagi aniqlangan holat, fuqaro K.T.ning ko‘rsatmasiga asosan, Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani, uy oldida harakatlanib ketayotgan fuqoro A.X. to‘xtatilib, yonidagi buyumlari ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining orqa o‘ng cho‘ntagida taxminiy og‘irligi 100,95 gramm ko‘rinishidan “Gashish” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
                    
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 309,89 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tezkor tadbirda 309,89 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi