V. I. Lenin nomidagi Xalqlar do‘stligi saroyida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlarining qurultoyi bo‘lyapti. Prezidiumda Moskovdan kelgan KPSS MKning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kotibi va Sh. Rashidov va hukumat a’zolari o‘tirishibdi.
Bir payt ilg‘or sut sog‘uvchi opaga so‘z berishdi. Opa minbarga chiqib, “Assalomu alaykum...” deyishi bilan 4 yarim ming kishilik zal jimib qoldi. Shunaqa sukunat cho‘kdiki, pashsha uchsa eshitiladi. So‘ng birdan go‘yo bomba portlaganday norozilik hayqiriqlari, polni tepishlar, hushtaklar ovozidan zal larzaga keldi. Haligi opa, nimayam bo‘lib, o‘zbek tilida gapirib qo‘ydi-da!
U paytlarda bu mutlaqo mumkin emas edi. Hatto O‘ZBЕK tilida yozadigan, O‘ZBЕK yozuvchilarining to‘rtta odam qatnashadigan yig‘ilishlari ham begona tilda olib borilar edi.
Boyagi sut sog‘uvchi opa Rashidov tomon qaradi. U esa yerga qaradi. Shu payt Sharof otaning xayolidan nimalar o‘tdi, buni uning o‘zi-yu, yolg‘iz xudo biladi. Opa Sharof otadan umidini uzib, yig‘laganicha minbardan tushib ketdi. Ertasi kuni shu ko‘rsatuv takroran namoyish qilindi – ammo unda bu sahna qirqib tashlangan edi...
Men bir narsaga hayron bo‘laman: zaldagi hushtak chalib, polni tepkilaganlar – o‘zimizning qorako‘zlar – dehqon, chorvador, mirishkorlar. O‘lsin agar, ularning birontasi rus tilida “tvaya-maya” qilib bo‘lsayam uch bahoga ham gapira olishsa! Bir g‘azabim qo‘ziydi, bir rahmim keladi.
Bugun “O‘zbek tili haqida Qonun”ning yangi tahrirdagi loyihasini qabul qilmaganlar o‘shalarning farzandlari bo‘lsa ne ajab! Yo minbardan yig‘lab tushib ketayotgan opaxonimiz “Bolangdan qaytsin” deb qarg‘aganmikan?..
Sharof Boshbekov
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi