Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani hududida tibbiy dori vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.Tezkor tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan, A-373 yo‘lining Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.F boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli yengil avtotransport vositasi Mirzaobod tumani hududida viloyat IIB YPX xodimlari ishtirokida to‘xtatildi.
Ushbu avtotransport vositasi saloni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda Xindiston davlatida ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, 3 ta qog‘oz korobkalarga joylashtirilgan, 580 quti, har bir qutida 10 dona jami 5 800 dona (har bir donasi 15 000 so‘mdan) umumiy qiymati 87 000 000 so‘mlik “Vital Vit K1” (0,5 ml) nomli tibbiy dori vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"