11:30 / 13.05.2021
1 345

O‘zbekistonga yanvar—aprel oylarida xorijdan qariyb 2 mlrd dollar pul jo‘natildi


O‘zbekistonga 2021 yilning dastlabki to‘rt oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 1,99 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 million dollarga yoki 50 foizga, 2019 yilning mos davriga nisbatan esa 34 foizga ko‘p.

Mamlakatga 2021 yil boshidan buyon yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi har oy ortib borgan. Yanvar oyida 427 million dollar yuborilgan bo‘lsa, fevralda 463 million dollar, mart oyida 525 million dollar, aprelda esa 577 million dollar yuborilgan.

Foto: Markaziy bank
Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori esa 478 million dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,52 milliard dollarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga yanvar—aprel oylarida xorijdan qariyb 2 mlrd dollar pul jo‘natildi