11:15 / 14.05.2021
1 711

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 291 kishida koronavirus aniqlandi


O‘zbekistonda 13 may kuni yana 291 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 12 may kuni 359 nafar, 11 may kuni 395 nafar, 10 may kuni 313 nafarni tashkil etgandi.
Yangi kasallanish holatlarining
  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 26 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 96 117 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Buxoroda 4 nafar, Namanganda 12 nafar, Xorazmda 6 nafar, Toshkent viloyatida 48 nafar, Toshkent shahrida 136 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 91 507 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3943 nafar bemor davolanyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 291 kishida koronavirus aniqlandi