
Bugun, 14 may kuni, O‘zbekistonga Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Tojikiston delegatsiyasi 15 may kuni O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ham o‘rin olgan.
O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar