Joriy yilning 15 may kuni tungi 02:00 da Samarqand viloyatida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan videokuzatuv monitori orqali Xalq banki Ishtixon filialiga qarashli bankomat oldida noma’lum shaxsning qo‘lida temir jism bilan turganligi aniqlangan.
Voqea joyiga yetib borgan tuman Qo‘riqlash xizmati tezkor guruh xodimlari tomonidan ushbu shaxs bankomat eshigini buzishga harakat qilayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv natijasida ushbu shaxs Ishtixon tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi