2021 yilning 10 may kuni J.Azamat «102» qisqa raqamiga xabar qoldirgan. Aniqlanishicha, J.Azamat shu kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Avto sug‘urta» binosiga «Lasetti» avtomashinasida «Sevara» ismli qiz bilan kelgan va sug‘urta polisini yangilash maqsadida avtomashinasini eshiklari ochiq holatda qizga tashlab binoga kirgan.
Fuqaro binodan qaytib chiqqanida esa mashina noma’lum kishi tomonidan olib ketilgan bo‘lgan. Qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.Sevara sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Sevaraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi