1 716
Yunusobodda ikki nafar talaba o‘zganing xonadonidan 60 ming dollarlik avtomobil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketdi
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida ikki nafar talaba o‘g‘rilik sodir etdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 15 may kuni X.D. ismli ayol 102 qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, 2020 yilning, taxminan, may oyidan 2021 yilning 15 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar Yunusobod tumani «Yangiariq» mahallasida joylashgan xonadoni qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 60 000 AQSH dollari bo‘lgan Koreya davlatida ishlab chiqarilgan Chevrolet rusumli avtomashinalarning turli xildagi ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Tezkor qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi talabalar 19 yoshli A.Z. va 18 yoshli X.A. sodir etgani aniqlanib, ulardan bir nechta turdagi avtomashina ehtiyot qismlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Z. va X.A. protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi