17:00 / 21.05.2021
2 097

Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi


Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan yuridik texnikum bitiruvchilar uchun press- tur tashkil etildi. Unga Namangan viloyat yuridik texnikumining 202, 203-guruhining 40 nafar o‘quvchilari taklif etildilar.

Press-tur avvalida boshqarma majlislar zalida boshqarma tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, katta inspektorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda boshqarma kadrlar sho‘’basi katta inspektori Erkin Tadjibayev tomonidan Majburiy ijro byurosi faoliyati, xizmat qabul qilish talablari bo‘yicha tushunchalar berdi. O‘z o‘rnida bitiruvchilar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari boshqarmaning Tumanlararo bo‘limi, surishtiruv va ma’muriy amaliyot, axborot  ta’minoti va qidiruv hamda  murojaatlar bilan ishlash sho‘’balari  faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.  Ayniqsa, murojaatlar bilan ishlash sho‘’basi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiyalar imkoniyatlaridan foydalanilgan holda kelayotgan ariza va shikoyatlarni qabul qilish jarayonlari ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

- Mamlakatimizda biz yoshlarni har tomonlama intellektual kadrlar bo‘lib yetishishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, deydi yuridik texnikum bitiruvchisi Ma’rufjon Mahmudov. Aynan bugun Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasiga tashkil etilgan press tur tadbiri katta qiziqish uyg‘otdi. Biz bu yerda nafaqat byuro faoliyatiga oid ma’lumotlarni oldik, qolaversa ish jarayonlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Boshqarma tomonidan Byuroning Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida bunday tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi