20:27 / 22.05.2021
1 890

MIB: Oilalarga quvonch qaytmoqda


Oila – muqqaddas dargoh. Uni asrab-avaylash lozim. Lekin ayrim hollarda arzimas sabab oilalar ajrashib ketayotgani afsuski uchrab turibdi. Aynan ajrashib ketgan oilalarni yarashtirish maqsadida Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ham tizimli choralar ko‘rib kelinmoqda. Jumladan, Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan qabullar davomida oilalarni yarashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda.

Fuqarolik ishlari Rishton tumanlararo sudining 2021 yil 21 yanvardagi sud buyrig‘iga asosan qarzdor  G‘.Kamolovdan undiruvchi M.Xilolova foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga olingan. Oila a’zolari bilan qabul davomida o‘tkazilgan tushuntirishlardan so‘ng yarashishga ahd qilishdi.

Bo‘lim ish yurituvida qarzdor M.G‘aniyevdan undiruvchi O.Musayeva foydasiga 2 nafar farzandini moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Ijro hujjati yuzasidan olib borilgan harakatlar davomida oila yarashtirildi.

Asosiysi, may oyining o‘tgan davrida bo‘limda o‘tkazilgan qabullar davomida 5 ta oila yarashtirilib, quvonch ulashildi. 
Bo‘lim tomonidan oilalarni yarashtirish tadbirlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Oilalarga quvonch qaytmoqda