23:43 / 25.05.2021
1 757

“Recruit Consulting Work Xususiy Bandlik Agentligi” MCHJ mansabdor shaxslaridan jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan zarar pullarini qaytarish boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishalar bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 17.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan sudlanuvchi J.Allaberdiyev va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchilardan yetkazilgan zararni qoplash uchun xatlangan jami 599.762.096 so‘m pul mablag‘larini 405 nafar jabrlanuvchilarga mutanosib (proporsional) taqsimlash to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga 25.03.2021 yilda kelib tushib ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida xatlangan pul mablag‘larini Byuroning Mirobod tuman bo‘limi depozit hisob raqamlariga o‘tkazish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinib, ushbu pul mablag‘lari depozit hisob raqamida jamlangan.

Pul mablag‘larini jabrlangan fuqarolarga o‘tkazish maqsadida ularning plastik kartalari va bank hisob raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ariza orqali qabul qilinib, bugunga qadar 280 nafar fuqarolarning arizalari MIB Mirobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Ariza topshirgan fuqarolardan jami 91 nafar fuqarolarga 164.159.402 so‘m taqsimlangan pul mablag‘lari o‘tkazilishi ta’minlandi.

Fursatdan foydalanib, hisob raqamlari va bank rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ariza orqali taqdim etmagan fuqarolar haftaning dushanbadan juma kunigacha 09:00 dan 18:00 ga qadar Byuroning Mirobod tuman bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
 (Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 19-uy IND:100105., tel: (71)207-09-27)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Recruit Consulting Work Xususiy Bandlik Agentligi” MCHJ mansabdor shaxslaridan jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan zarar pullarini qaytarish boshlandi