09:57 / 26.05.2021
1 704

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Odam yo ishlashi yoki gapirishi kerak, men ishlashni ma’qul ko‘rganman»


«Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida 25 may, seshanba kuni o‘tkazilgan uchrashuvda Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi xodimi 600 million so‘mlik loyihaning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan spiker sifatida ishtirok etib berishini so‘radi va uning bu boradagi javobini bilishga qiziqayotganini ta’kidladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Singlim, sizga so‘z berolmayman, ammo borishga harakat qilaman. Men yaxshi gapirishni bilmayman. Men zo‘r spiker emasman. Menga savol bersanglar o‘zimni hayotiy tajribamni aytishim mumkin. Bir xillarga o‘xshab juda ko‘p, zo‘r gapirolmayman.
Odam yo ishlashi kerak, yo gapirishni bilishi kerak. Ikkalasidan bittasi, to‘g‘rimi? Men ishlashni ma’qul ko‘rganman, to‘g‘risi.

Jurnalistlarimiz ko‘p gapirishadi, savolga tutishadi. Men adashib, noto‘g‘ri gapirib qo‘ymay deyman. Yo ishlashimiz, yo gapirishimiz kerak. Ham gapirib, ham ishlagan odamni ko‘rmaganman. Bo‘ladimi shunaqasi? To‘g‘risi, yo gapirish kerak, yo ishlash kerak. Gapga usta emasman, noto‘g‘ri gapirib qo‘ysam, yana kulgi bo‘lamanmi, deyman. Agar imkoniyatim bo‘lsa, borishga jonim bilan harakat qilaman, singlim», — dedi poytaxt hokimi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Odam yo ishlashi yoki gapirishi kerak, men ishlashni ma’qul ko‘rganman»