14:08 / 26.05.2021
1 624

«Irrigatsiya»ga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro A.U. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSH dollari evaziga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, shundan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Irrigatsiya»ga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi