16:50 / 26.05.2021
1 645

«Xohishingizga qarshi sizni emlashga hech kimning haqqi yo‘q» — Innovatsion rivojlanish vazirligi


Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘zbekistonliklarning koronavirusga qarshi emlash ixtiyoriymi, degan savoliga javob berdi. Vazirlik ta’kidlashicha, hech kim sizning xohishingizga qarshi sizni emlashi mumkin emas.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonuni 26-moddasiga ko‘ra, fuqaroning o‘z kasaliga doir ma’lumotlarni bilgan holda o‘z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.

«Emlash ham tibbiy aralashuv hisoblanadi va hech kim sizning roziligingizsiz sizni emlashga haqqi yo‘q. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslarga va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy aralashuvga ularning qonuniy vakillari rozilik beradi», — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Xohishingizga qarshi sizni emlashga hech kimning haqqi yo‘q» — Innovatsion rivojlanish vazirligi