15:56 / 31.05.2021
2 637

«O‘zgidromet»: O‘ta issiq va quruq hafta kutilyapti


Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Hafta davomida O‘zbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi.

Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin va Toshkent viloyatida 1 iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ish haftasi davomida ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati kechalari 22-25° ni, kunduz kunlari 37-39° ni, janubda va cho‘l hududlarida 38-43° ni tashkil etadi. Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi.

31 may va 1-2 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zgidromet»: O‘ta issiq va quruq hafta kutilyapti