15:30 / 02.06.2021
2 444

«Portlarga yo‘l ochiladi» - Prezident Afg‘oniston orqali o‘tadigan «Asr loyihasi» haqida


Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida jurnalistlar bilan uchrashuvda Afg‘oniston-Pokiston-O‘zbekiston o‘rtasida amalga oshiriladigan «Asr loyihasi» haqida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, bu loyihaga Jahon banki tomonidan ilk bosqichlar uchun 35 mln dollar mablag‘ ajratiladi.

«Transafg‘on temiryo‘lini qurish bilan afg‘on xalqining iqtisodini ko‘tarishga ham hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Bundan tashqari, Eron, Pokiston portlariga yo‘l ochiladi. Bu yo‘llar orqali bitta konteyner yukimiz 3-4 barobar arzonlashsa, vaqti 4-5 baravarga qisqaradi.

Surxondaryoda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini dunyoga eksport qilish uchun qisqa va arzon yo‘llar kerak», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Prezident tarixda qoladigan ishlardan biri O‘zbekiston xalqiga mulk bo‘ladigan ikkita temir yo‘l – O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li va Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temir yo‘li hisoblanishini ta’kidladi.

Shuningdek, eksport yo‘nalishida yuzaga kelgan muammolar yechimi va qo‘shni davlatlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan aloqalarga ham to‘xtab o‘tildi. Jumladan, qo‘shni Tojikiston bilan amalga oshiriladigan katta loyihalar borligi ma’lum qilindi.

«Bir paytlar hamkorlik aloqalarimiz 10 mln dollar, 20 mln dollar, juda borsa 50 mln dollar atrofida bo‘lardi. Chunki savdo aloqalarimiz yo‘q edi desak ham bo‘ladi. 2020 yilda og‘ir pandemiya davri bo‘lishiga qaramay 500 mln dollarga chiqdi. Yaqin 5 yilda savdo aylanmamizni 2 mlrd dollarga ko‘paytirishni maqsad qilyapmiz», degan prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Portlarga yo‘l ochiladi» - Prezident Afg‘oniston orqali o‘tadigan «Asr loyihasi» haqida