12:00 / 04.06.2021
2 024

Xorazmda uch nafar qizni Dubayga fohishalik qilish uchun jo‘natishga uringan shaxslar qo‘lga olindi


DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar qizni Dubayga fohishalik qilish uchun jo‘natishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Urganch shahrida yashovchi 35 yoshli V.S. va uning Qo‘shko‘pir tumanida istiqomat qiluvchi 42 yoshli qarindoshi S.V. xorazmlik 1998 yil tug‘ilgan K.Z., 1998 yil tug‘ilgan J.O. va 2000 yil tug‘ilgan R.X.ning ishonchiga kirib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklarga yuborishni rejalashtirgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida V.S. hamda S.V. qizlarni Urganch shahridan Toshkent shahriga avtomashinada jo‘natayotgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, K.Z., J.O. va R.X. o‘zlarining nomiga Toshkent—Dubay yo‘nalishi bo‘yicha sotib olingan aviachipta hamda rasmiylashtirilgan viza xarajatlarini Dubay shahrida ishlab, pul topganlaridan so‘ng to‘lab berishlari kerak bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida V.S. BAAdagi jinoiy aloqalari buyurtmasiga ko‘ra, muqaddam bir nechta ayollarni fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun Dubay shahriga yuborgani ham ma’lum bo‘lgan.

Hozirda V.S. va S.V.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda uch nafar qizni Dubayga fohishalik qilish uchun jo‘natishga uringan shaxslar qo‘lga olindi