08:30 / 05.06.2021
1 844

Oyoq kiyimiga yashirilgan qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston xalqlari madaniy merosining saqlanishini ta’minlash, madaniy boyliklarning qonunga xilof ravishda olib chiqilishi va olib kirilishidan muhofaza qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilmasligi belgilab berilgan.

Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona chegaralari orqali madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda yurtimiz hududidan olib chiqishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi.

“Daut-ota” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasidan qo‘shni Respublikaga chiqib ketayotgan fuqaro M.A. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, uy-xo‘jalik buyumlari orasidagi krossovkalar ichiga polietilen paketga o‘ralgan holda yashirilgan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan XIX - XX asrlarda chop etilgan hamda respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan jami 11 ta qadimiy tangalarni hech qanday hujjatlarsiz, yashirincha olib chiqishga urinish holati aniqlandi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oyoq kiyimiga yashirilgan qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi