Foto: «Milliygvardiya.uz»
Milliy gvardiya sayti xabar berishicha, Samarqandda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolning hayoti saqlab qolindi.
Xabarga ko‘ra, 2021 yilning 3 iyun kuni soat 10:10 lar atrofida Samarqand shahrining Shodlik mahallasi, S.Buxoriy ko‘chasida joylashgan uyda mojaro bo‘layotgani haqida Shodlik MFYga xonadon qo‘shnilari tomonidan murojaat kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan mahalla vakillari hamda unga biriktirilgan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, psixolog kichik serjant N.Sanaqulovalar yetib borishgan va er-xotin — U.N. va B.D. o‘rtasida jiddiy mojaro bo‘layotganligiga guvoh bo‘lishgan. Oilaning psixologik holati og‘ir ekanligi natijasida U.N.ning turmush o‘rtog‘i B.D. o‘z joniga qasd qilish maqsadida yashab turgan uyining 3-qavatidan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lganligi aniqlangan.
Tezkor olib borilgan qutqaruv ishlari natijasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan B.D.ning hayoti saqlab qolingan, deyiladi xabarda.
Voqea yuzasidan xonadon egalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qilgan ishidan qattiq afsusda ekanligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi