«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi, Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining «Mirza Yusuf» jome’ masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfiddinovning ma’ruzasidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Musulmonlari idorasiga xat kiritganiga munosabat bildirdi:
«Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Musulmonlar idorasiga “Mirza Yusuf” jome’ masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziydan shikoyat qilibdi.
Domlaning, agar xizmatchida iymon bo‘lsa, e’tiqod bo‘lsa halol ishlaydi degan so‘zlari yoqmagan, buni haqorat deb qabul qilishibdi.
Bundan bir qancha vaqt avval “Milliy tiklanish” DP fraksiyasining tashabbusi bilan Qonunchilik palatasida ham ushbu qo‘mitaning axboroti eshitilgan, keskin tanqid qilingan edi.
2021 yilda avtomobil yo‘llari qurish uchun 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. O‘tgan yilda bu miqdor 1,51 trillion so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekiston hududida 4 ming kilometrga yaqin xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar bor. Axborotga ko‘ra bu yil:
- A380 yo‘lining 753-765, 806-812 va 916-964 kilometrlari;
- A373 yo‘lining 0-15 va 450-475 kilometrlari;
- M39 yo‘lining 1315-1330 kilometrlari;
- A378 yo‘lining 0-2,4 kilometrlari ta’mirlangan.
Usulni qarang... Bardavom va bitmas-tuganmaslikning formulasi.
Bu usulda O‘zbekistondagi xalqaro yo‘llar 2 ming yildan keyin ham talab darajasiga chiqmaydi. Chunki, ta’mirlab bo‘lgan qismingizni tugatishingiz bilan o‘tgan yili ta’mirlashni tugatgan qismingiz yana ta’mirtalab bo‘lib qolaveradi.
Budjet esa mehribon sog‘in sigirdek, so‘rasak beraveradi.
Eshituvda bir deputatimiz qo‘mita raisiga ochiqchasiga soha korrupsiyaga botib ketganligini aytganida, qo‘mita raisi jahl bilan isbotlab berishni talab qilgan edi. Agar yaqinda qurilgan yo‘l, bir yilga bormasdan to‘lqinlanib, o‘pirilib tursa, kim aslida o‘zini halolligini isbotlashi kerak?
100 yil kafolatli sifat bilan quradigan yo‘lsozlar iymonli, e’tiqodli, eng kamida shirkatini sha’ni uchun mas’uliyatli yo‘lsozlardir.
Iymon, e’tiqod, halollikni o‘rgatish, ma’ruza qilish, unga chaqirish vazifasi bo‘lgan imomni ayblash emas, borib duo olish kerak! Avtomashinasining g‘ildiragi chuqurga tushgan har bir vatandosh yo‘lsozlarni badduo qilayapti. Aslida badduo qilmasdan huquqimizni talab qilish, mas’uliyatsiz qurilish oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplatishga o‘rganishimiz zarur. Bu nafaqat yo‘l, barcha sohalarga tegishli masala.
Halollik bo‘lmagan joyda sifatli yo‘l ham, sifatli ta’lim ham, pirovardida rivojlanish ham bo‘lmaydi». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi