Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, Kitob tumani istiqomat qiluvchi fuqaro Yo.Q.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, xonadon hovlisining tomorqasida 7 tup nasha o‘simligi va 143 tup ko‘knor o‘simliklarini qonunga zid ravishda parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.
Yana bir holatda, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.G.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, xonadonning yashash xonalarida hufyona tarzda maxsus yog‘och qutilardan tayyorlangan idishlarda 7 tup giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotganlik holati aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)