Giyohvandlik vositalarining noqonuniy harakatini oldini olish bugun bojxona organlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida kuzatuvga olingan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, transport vositasi salonining orqa qismida polietilen paketga joylashtirilgan, to‘q jigarrang rangli, o‘tkir hidli modda borligi aniqlandi. Ekspertiza tekshiruvlariga ko‘ra, og‘irligi 1 kg. 973 grammni tashkil etuvchi mazkur modda “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Shunga o‘xshash tezkor tadbir Toshkent shahrining Mirobod tumanida ham o‘tkazildi. Unga ko‘ra, tuman hududida joylashgan uylardan birining yer to‘lasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda bu yerda ham 990,95 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bojxonachilar tomonidan jami 2 kg. 963 gr. giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»