Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident qarori bilan aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi. Hujjatga ko‘ra:
2021-yil 1-avgustdan boshlab aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etilmoqda.
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlari har yili bir marotaba o‘tkaziladi. Bunda, sport sinovlari ishtirokchilariga 11 ta yosh toifasi bo‘yicha egallagan o‘rni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari beriladi.
Sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajarganlarga bir yil davomida quyidagi imtiyozlar beriladi:
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat to‘lovining 50 foizini to‘lash va muddatli harbiy xizmatga yuborishda ustunlik;
- I o‘rin egalariga «Temurbeklar maktabi»ga sinovlarsiz kirish;
- bepul tarzda ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasida ko‘rikdan o‘tish;
- umumiy foydalanishdagi transportda bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foizlik chegirma berish;
- sovrindorlarning farzandlarini umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtirish;
- barcha davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar taqdim etish;
- ishga yoki o‘qishga kirishda jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon, sinov, amaliy mashg‘ulotlarida ustunlik berish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»