15:10 / 17.06.2021
2 893

«Jiguli» va «Captiva»dagilar bir-biriga yo‘l bermay mushtlashishdi


Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Kuni kecha, 16 may kuni soat 22:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumani «Dehqonobod» mahallasida «Jiguli-VAZ 2106» hamda «Captiva»rusumli avtomashina haydovchilarining bir-biriga yo‘l bermasligi natijasida fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Janjalga avtomashinalarda bo‘lgan fuqarolar ham qo‘shilgan. Janjal oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda jabrlanuvchilar olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Jiguli» va «Captiva»dagilar bir-biriga yo‘l bermay mushtlashishdi