Foto: IIV
Taniqli aktrisa nomidan feyk akkaunt ochib, fuqarolarning pulini yechib olgan o‘quvchi fosh qilindi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. joriy yilning 15 mart kuni Nukus shahar ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, 14 mart kuni qizi N.R.ning «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi profiliga «giveaway-asal» va «asalshodieva_dar1t» nomi bilan ochilgan noma’lum profil egasi tomonidan «Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz» degan mazmundagi yozma xabarnoma kelganligi, profil ortidagi noma’lum shaxs bilan yozishma jarayonida, uning aldovlariga ishonib o‘ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib berganligi, so‘ng shu kuni soat 21.00larda bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 600.000 so‘m miqdordagi puli yo‘qolganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.A. aniqlandi.
Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. Ichki ishlar vazirligi bank kartalar kodi va parolini hech qanday sharoitda, hech kimga ma’lum qilmaslik, firibgarlarning nayranglariga tushib qolmaslik haqida yana bir bor ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi