19:05 / 19.06.2021
2 308

Qarzdor jamiyatdan 30 mlrd. so‘mdan ortiq soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirildi


Davlatimiz rahbarining 24.11.2020 yildagi PF-6118-sonli Farmoni bilan sud va boshqa organlar hujjatlarini yuritishda, bazaviy hisoblash miqdorining 50-100 ming baravari miqdoridagi qarzdorliklarni hududiy boshqarmalarda tashkil etilgan alohida muxim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi tomonidan undirishi belgilangan.

Shunga asosan Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi alohida muxim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga joriy yil boshidan jami 139 mlrd. 382 mln. so‘mlik ijro ishlari qabul qilinib, ijro xarakatlari davomida 94 mlrd. 187 mln. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi.

Xususan, 2021 yil aprel oyida yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan, qarzdor burg‘ulash ishlari bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatidan jami 30 mlrd. 172 mln. so‘mdan ortiq soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi 2 ta ijro hujjati kelib tushib ijro harakatlari olib borildi.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorga ijro hujjati talablarini bajarish uchun ihtiyoriy muddat taqdim qilingan. Lekin, ushbu muddat davomida karzdorlik bartaraf qilinmaganligi sababli, majburiy harakatlar olib borilib, qarzdorning hisob raqamiga band solingan hamda qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro xujjati tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor jamiyatdan 30 mlrd. so‘mdan ortiq soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirildi