09:47 / 21.06.2021
5 064

«Oyoq-qo‘limni bog‘lab, olib ketishdi». Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlanganini aytmoqda


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi tekstil korxonalarining birida ishlagan 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlandi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, voqea 23 may kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni u tungi navbatchilikda qolgan. Soat kechki 10 dan o‘tib, 11 larga yaqin korxona ustasi kirib kelib, undan koridorga chiqishini so‘ragan.

«Chiqmasang bo‘lmaydi dedi. Shundan so‘ng oyoq-qo‘limni bog‘lab, mashinada olib ketishdi. Ishimizning yonboshida qurilishi bitmagan 9 qavatli bino bor edi. Binoning atrofida bir-ikki odam bor edi. Og‘zim bog‘lab qo‘yilgani uchun baqirolmas edim. Holat mashinada bo‘ldi», — degan qiz.

Jabrlangan qizning aytishicha, oilada faqat onasi ikkovi pul topadi, otasi va ukasi hech qayerda ishlamaydi. «Oilaviy sharoitimiz og‘irroq. Oilamizga moddiy yordam bo‘lsin, deb ishlamoqchi edim», — degan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Oyoq-qo‘limni bog‘lab, olib ketishdi». Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlanganini aytmoqda