22:28 / 25.06.2021
2 340

UzAuto Motors avtomobil kuzov qismlari ishlab chiqarishga ishlatiladigan po‘lat listlar o‘g‘irlanganini xabar qildi


Talon-toroj qilingan po‘lat listlar 2030ta Nexia-3, 871ta Gentra yoki 970ta Labo avtomashinalari kuzov qismlarini ishlab chiqarish uchun yetgan bo‘lardi.

Joriy yilning 12 iyun kuni UzAuto Motors’ning Asaka shahridagi zavodiga yetkazilgan yukda po‘lat listlarning bir qismi yetishmayotgani aniqlandi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiyaga tegishli «Severstal» kompaniyasining yuk vagonlari zavodga kirish paytida ko‘rikdan o‘tkazilganda vagondagi yuklardan birining qadog‘i buzilgani ma’lum bo‘lgan.

«Mazkur holat yuzasidan UzAuto Motors AJning komplayens xizmati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, vagonga ortilgan po‘lat listlarning bir qismi kompaniyaga yetib kelgunga qadar, noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlangani aniqlandi.
Ishlab chiqarish standartlariga muvofiq, ushbu talon-toroj qilingan po‘lat listlar me’yor sarfiga muvofiq, 2030ta Nexia-3, 871ta Gentra yoki 970ta Labo avtomashinalari kuzov qismlarini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan bo‘lardi», deyiladi manba ma’lumotida.

Keltirilishicha, hodisa yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida to‘plangan barcha materiallar aybdor shaxslarni aniqlash uchun hamda yuklar tashilishida ularning xavfsizligi va samarali qo‘riqlanishiga mas’ul bo‘lgan IIVning transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari xodimlarining xizmat vazifalarini qonuniy bajarganligiga huquqiy baho berish uchun Transport prokuraturasiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » UzAuto Motors avtomobil kuzov qismlari ishlab chiqarishga ishlatiladigan po‘lat listlar o‘g‘irlanganini xabar qildi