Ijtimoiy tarmoqlarda «Prokuratura xodimlari shunchalik zo‘rmi?!» nomli audioyozuv tarqaldi. Ushbu audio yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘zini prokuratura xodimi «Sardorbek» deb tanishtirgan shaxs «Shohjaxon» ismli ichki ishlar xodimiga qo‘ng‘iroq qilib, IIBga keltirilgan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobini olib kelishni talab qilgani hamda suhbat davomida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganligi qayd etilgan.
O‘rganish davomida, ushbu audioyozuvda suhbatlashayotgan shaxslar «Berdaq» nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetining yuridik fakulteti 2-bosqichini tamomlab, ish o‘rganish amaliyotiga Marhamat tumani prokuraturasiga yuborilgan talaba Begijon H. va Marhamat tumani IIB HPB profilaktika inspektori Shohjahon X. ekanliklari aniqlangan.
Suhbat shu yilning 25 iyun kuni bo‘lib o‘tgani, ular avvaldan o‘zaro yaqin tanish bo‘lganliklari, Begijon H. o‘rtog‘i bilan hazillashmoqchi bo‘lib, unga shu mazmunda qo‘ng‘iroq qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Talabaga «Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobi»ni prokuraturaga olib keltirish haqida hech qanday ko‘rsatma yoki topshiriq berilmagan.
Ma’lumot uchun: audioyozuvdagi talaba va IIB xodimi 2015-2017 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga kirish imtixonlari uchun birgalikda tayyorlanishgan va hozirga qadar muloqotda bo‘lib kelishgan.
Kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Andijon viloyati prokurori G‘ayratjon Fozilovning rahbarligida joylarda amaliyot o‘tayotgan talabalar ishtirokida profilaktik yig‘ilishi o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi