2 155
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi
Yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni 2021 yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.
Iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratamiz.
Ma’lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22–28 foiz stavkada ta’lim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar. Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap.
Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni 2021 yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinadi.
«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun kontraktni budjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi», – deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi