Illustrativ foto
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani «Mirzadala» shaharcha fuqarolar yig‘inida 20 yoshli qizni uch kishi o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda «Rostda» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlariga murojaat qilgan fuqaro 2001 yilda tug‘ilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlangani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni «Nexia»ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tumanining «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., «Yerjar» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi