Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.
Qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirilgan.
Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining «Qabul-2021» bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) davom etadi.
Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi