09:20 / 06.07.2021
1 576

Hujjatlarda ko‘rsatilmagan salkam 701 mln. so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi


Bojxona xodimlari yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
 Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.

Bojxona ko‘rigi davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati salkam 439 mln. so‘mlik, 29 o‘rinda “metall iplar” tovarlarining borligi aniqlandi.

Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan yuk avtomashinasi “Inspeksion ko‘rik majmuasi” orqali belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 262 mln. so‘mlik jami 63 nomdagi 1161 dona avtoehtiyot qismlari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan  bojxona organlari tomonidan surishtiruv haraktlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hujjatlarda ko‘rsatilmagan salkam 701 mln. so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi