21:50 / 13.07.2021
2 009

Aliment to‘lamagan qidiruvdagi ota Namanganda ushlandi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 26.05.2015 yildagi 33893/15-sonli buyrug‘iga asosan qarzdor M.Nizomovdan undiruvchi N.Jumayeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari foydasiga aliment undirish belgilangan.

Mazkur sud qarori Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limiga 06.04.2020 yilda kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib qaror nusxasi M.Nizomovga taqdim etilgan.

Biroq, qarzdor 2,1 mln. so‘m aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab yashash manzilidan chiqib ketganligi sababli 25.05.2021 yilda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning qidiruv inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida 05.07.2021 yilda qarzdor M.Nizomov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi chorva fermer xo‘jaligida ishlayotganligi aniqlanib, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv inspektorlari bilan hamkorlikda ushlangan.

Qarzdor M.Nizomov Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limiga keltirilib, hozirda u bilan bog‘liq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lamagan qidiruvdagi ota Namanganda ushlandi