14:39 / 16.07.2021
1 692

O‘zbekiston, AQSH, Afg‘oniston va Pokiston maslahatlashuvlar uchun yangi platforma tashkil etadi


Foto: O‘zbekiston TIV
15 iyul kuni Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishining dolzarbligini qayd etgan holda tomonlar mintaqaviy bog‘liqlikni Afg‘oniston va mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun muhim deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy bog‘liqlikning o‘zaro mustahkamlovchi omil hisoblanishini ta’kidladilar», deyiladi bayonot matnida.

Mazkur bayonotning to‘liq matni:
2021 yil 15 iyulda Afg‘oniston tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda tartibga solishni qo‘llab-quvvatlash uchun AQSH-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston to‘rt tomonlama shaklining e’lon qilinishi
«AQSH, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari qisqacha aytganda mintaqaviy bog‘liqlikni kengaytirishga qaratilgan yangi to‘rt tomonlama diplomatik platforma tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Tomonlar Afg‘onistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog‘liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy aloqalar o‘zaro bir-birini mustahkamlaydi degan yakdil fikrni bildiradi.

Samarali xalqaro savdo yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun tarixiy imkoniyatni anglagan holda tomonlar savdoni kengaytirish, tranzit yo‘llarni yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga umid qilmoqda.

Tomonlar ushbu hamkorlik shartlarini o‘zaro konsensus asosida belgilab olish uchun yaqin oylarda uchrashishga kelishib oldilar».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston, AQSH, Afg‘oniston va Pokiston maslahatlashuvlar uchun yangi platforma tashkil etadi