Oziq-ovqat haqida gap ketganda, diyetologlar kabi parhezga qat’iy amal qilish juda qiyin. Albatta, oddiy odamlar uchun ularning diyetasi juda qattiq va cheklangan bo‘lib ko‘rinadi, ammo ba’zi qoidalar qabul qilishga arziydi.
Qayta ishlangan go‘sht
Foto: Getty Images
Har qanday yarimtayyor go‘sht mahsulotlari: sosiska, kotlet, kolbasa va boshqalar tarkibida katta miqdorda tuz, konservantlar va boshqa qo‘shimchalar bo‘ladi. Diyetologlar bunday oziq-ovqat mahsulotlarini ratsiondan butunlay chiqarib tashlashni maslahat beradi, chunki ular tarkibida sog‘liqqa yomon ta’sir qiladigan zararli yog‘lar mavjud.
Ketchup va turli xil souslar
Foto: Getty Images
Agar siz bunday mahsulotlarning yorliqlarini sinchkovlik bilan o‘qisangiz, deyarli hammasida juda kam miqdordagi istisnolardan tashqari, natriy, ta’m beruvchi moddalar yoki shakar nihoyatda ko‘p miqdordaligini bilib olasiz. Bunday sun’iy mahsulotni iste’mol qilgandan ko‘ra zaytun moyidan foydalangan ma’qul.
Rangli qandlar
Foto: Getty Images
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ammo bolalar shirinliklari eng zararli mahsulot hisoblanadi. Haddan tashqari miqdordagi shakar va turli xil oziq-ovqat ranglari nafaqat tishlarga, balki vaznga ham salbiy ta’sir qiladi. Shirinliklar va karamellarda mavjud bo‘lgan «bo‘sh» kaloriya ochlikni umuman qondirmaydi, aksincha ishtahani yanada karnay qiladi.
Xom baliq va xom go‘sht
Foto: Getty Images
Bu cheklov endi kaloriya emas, balki organizm xavfsizligi bilan bog‘liq. Xom hayvon mahsulotlarida patogenlar bo‘ladi. Natijada pishmagan go‘sht yoki baliq iste’mol qilish kasallikka yoki kamida oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkin. Noxush vaziyatlarning oldini olish uchun mahsulot yaxshilab pishirilganligiga ishonch hosil qiling.
Muzlatilgan taomlar
Foto: Getty Images
Muzdan tushirilib iste’mol qilinadigan tayyor ovqatlar mutaxassislar tomonidan qat’iyan man etiladi. Ular odatda tuz, shakar, konservantlar, ziravorlar va maza kuchaytirgichlardan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning tarkibida hech qanday kletchatka va foydali moddalar bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi