Tojikistonning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruhi 2055 yilga borib, Markaziy Osiyo davlatlarida havo haroratiga bog‘liq uch xavotirli prognozni o‘rtaga tashladilar:
1. Tog‘larda hamma regionlarga nisbatan issiq faollashadi. O‘rtacha yillik havo harorati me’yordan 4-5 darajagacha yuqorilaydi;
2. 2055 yilga borib, mintaqada o‘rtacha yillik havo harorati me’yordan 3-4 darajaga yuqorilaydi.
3. Keyingi yillar davomida haroratlarning ko‘tarilishi tezlashadi(0,2℃/yil).
Asia Plusda e’lon qilingan maqolada aytilishicha, mintaqada suv yetishmovchiligi va kasalliklar avj olishi mumkin.
Tojikiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi o‘quv-klinika markazi bosh shifokori Firdavs Raupovga ko‘ra, davomli issiqlar insonning o‘z organizmidagi issiqlik almashinish siklini buzadi. Oftob urishi, issiqdan charchash, gipertermiya kabi holatlar yuzaga keladi.
Jazirama issiqlar yurak-qon tomiri kasalliklarini kuchaytiradi, nerv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Diabet kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Mutaxasislar kelgusi jaziramalarda 65 yoshdan o‘tganlarni kunning +35 darajadan yuqorilagan paytlarida tashqarida yurmasliklarini taklif etishmoqda. +40 darajadan yuqori harorat kuzatilganda hatto yosh bolalarni ham ma’lum ochiq cho‘milish havzalarida cho‘milmasliklari tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda mintaqada avval ko‘rilmagan anomal issiqlar kuzatilmoqda. Jumladan, bu yil Toshkentda so‘nggi 150 yildagi eng yuqori haroart qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi