Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Qaror bilan Kunlik mehnat markazining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Kunlik mehnat markazlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- ish izlovchilarni ro‘yxatga olish, ular to‘g‘risida ma'lumotlar bazasini yuritish, ish beruvchi jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolarni vaqtincha ishlarga yollash bo‘yicha buyurtmalar olish;
- vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va elektron (qog‘oz) shakldagi ma'lumotnoma olishiga shart-sharoit yaratish;
- ish izlovchilarni korxona va tashkilotlardagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan muntazam tanishtirib borish hamda doimiy ishga joylashishlariga ko‘maklashish;
- vaqtincha ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, kasbga tayyorlash (qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
- manfaatdor ish beruvchilar va ish izlovchilar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish;
- vaqtincha ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki oy muddatda hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, joylarda DXSh asosida Markazlarni tashkil etish choralarini ko‘rish topshirildi.
Markazlarda ish beruvchi va ish izlovchilar uchun call-markazlar tashkil etish, ish izlovchilarni ish joylariga transportda olib borish va olib kelish xizmatlarini ko‘rsatish, ularga yotoqxonalar, mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish hamda ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilishi nazarda tutiladi.
Markazlarni joylashtirish uchun mavjud binolar tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
Markazning Namunaviy tuzilmasiga quyidagilar kiritildi:
- tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining o‘rinbosari – Kunlik mehnat markazi rahbari;
- ishga joylashtirish bo‘yicha mutaxassis – 2 nafar;
- tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi xodimi – 1 nafar.
Markazlarga jamoat tartibini saqlash uchun tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarining bir nafardan mas'ul xodimi doimiy biriktiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi