Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 iyul — tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘llaganlarga minnatdorlik izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha davlat rahbari 64 yoshni qarshi oldi.
«Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin yurakdan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yo‘llagan chet el davlat va hukumat, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblariga, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorligimni izhor etaman.
Hech shubhasiz, men uchun g‘oyat qadrli bo‘lgan ushbu tabrik va tilaklarni ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat hamda ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzining yana bir e’tirofi sifatida qabul qilaman.
Jonajon yurtimizda keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch bo‘lib kelayotgan mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga yana bir bor o‘zimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildirishdan behad mamnunman.
Ishonchim komilki, xalqimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik salohiyati va hamjihatligi bilan yangi O‘zbekistonni barpo etish, el-yurtimizning tinch-osoyishta hayoti va farovonligini ta’minlash bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak ezgu maqsadlarga albatta yetamiz.
Chuqur hurmat bilan,
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti»
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?