09:13 / 27.07.2021
11 869

O‘zbekistonda faoliyati rasman cheklangan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman cheklangani haqida xabar berilgan edi. Bunga ular qonun talablariga zid ravishda o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekistondan tashqarida saqlashi va qayta ishlashi sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestridan Twitter, TikTok, «VKontakte», Skype va WeChat o‘rin olgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu servislarga «O‘zkomnazorat» ko‘rsatmasi iyun oyi o‘rtalarida yuborilgan, oradan ikki hafta o‘tib ular faoliyati cheklangan. Kompaniyalar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirsa, shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestridan chiqariladi.
Spot’ning yozishicha, shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri Facebook, Google, Telegram’ga ham ko‘rsatma yuborgan. Ularning ishiga hozircha cheklov o‘rnatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunining 27-1-moddasi (O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlari) qonunga 2021 yil 14 yanvardagi qonun bilan kiritilgan bo‘lib, uning amal qilishi 2021 yil 15 apreldan boshlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda faoliyati rasman cheklangan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxati e’lon qilindi