2 925
«Perevod» uchun o‘tish balli 66,1 ball etib belgilandi. Bu – maksimal ballning 35 foizi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 66,1 ball shu vazirlik tizimidagi OTMlarga o‘qishini ko‘chiruvchilar uchun belgilangan. 66,1 ballni to‘play olganlar o‘zi ko‘chirgan OTMda bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
“Bu yil o‘tgan yillardagidan farqli ravishda imtihonni DTM oladi. Bu OTMlarga hujjat topshirib, DTM imtihoni asosida talaba bo‘lgan abituriyentlarga nisbatan adolatni ta’minlash uchun qilindi.
Shuningdek, imtihonda o‘tish ballini to‘plolmaganlar tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishi mumkin”, deb ma’lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.
Bunda:
- 65,1 va 66 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 1,5 baravari miqdorida;
- 64,1 va 65 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 2 baravari miqdorida;
- 63,1 va 64 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 2,5 baravari miqdorida;
- 62,1 va 63 ball oralig‘ida to‘plaganlar bazaviy to‘lov-kontraktning 3,5 baravari miqdorida;
- 56,7 va 62 ball oralig‘ida to‘plaganlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorida;
- 56,6 va undan kam to‘plaganlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lab o‘qishi mumkin.
“O‘qishni ko‘chirishda 1 yil oldingi kirish imtihonlaridagi maksimal ball asos qilib olinadi. Belgilangan bu o‘tish balli keyingi yillarda ham bir yil oldingi ballga qarab belgilanadi va o‘zgarishi mumkin”, dedi Abduvali Xoliqov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?