12:07 / 28.07.2021
2 982

Yana antirekord: kasallik yuqtirish bo‘yicha ham, o‘limlar soni bo‘yicha ham


Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 843 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 556 nafarga yetdi, 8 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
2021-yil 27-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126627 (+843) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
  • 80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 21 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 89 nafari Jizzax viloyatida,
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 75 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 56 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 121145 (+825) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 853 nafarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana antirekord: kasallik yuqtirish bo‘yicha ham, o‘limlar soni bo‘yicha ham