18:25 / 28.07.2021
1 984

Murojaatlar joyida hal qilinmoqda


Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 27 iyul kuni Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Payanov tomonidan Qarshi tumanida o‘z yechimini topmasdan kelayotgan murojaatlar bo‘yicha fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida kelib tushgan jami 12 ta murojaatlarning 9 tasi aliment undirish, 1 tasi aliment qarzini qayta hisoblash, 1 tasi aliment miqdorini kamaytirish va 1 tasi ish haqi undirish yuzasidan bo‘ldi.

Murojaatlarning barchasi joyida qanoatlantirilib, 11 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal qilindi va 1  nafar aliment qarzini hisoblash to‘g‘risida murojaat qilgan fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murojaatlar joyida hal qilinmoqda